Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qaror loyiha muhokamasi yuzasidan amaliy-seminar tashkil etildi


Navoiy viloyat adliya boshqarmasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi  notariuslar ishtirokida seminar tashkil etildi.

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasida ko‘zda tutilgan asosiy yo‘nalishlar — notariat tizimini raqamlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, huquqiy yordamning ochiqligi va qulayligini ta’minlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga qarorning amaliy tatbiqi, kutilayotgan natijalar va bu boradagi yangi mexanizmlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.