Янгиликлар
09
Notarial faoliyatni yanada takomillashtirish bo'yicha qaror loyihasi navoiyliklar muhokamasida
Navoiy viloyatidagi tadbirkorlik sub'ektlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasida yuzasidan so'rovnoma o'tkazilmoqda.
Xususan, viloyatda faoliyat yuritayotgan "NAVOIY-ISHONCH-GILAMLARI" mas`uliyati cheklangan jamiyatida qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirish berildi.
Aytib o'tish joiz, korxona bugungi kunda gilam ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tashkilotda 100 dan ortiq xodimlar ish bilan band. Muloqot mobaynida qaror loyihasi yuzasidan xodimlar orasida so'rovnoma o'tkazildi.