Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

HUQUQIY SAVODХONLIK TADBIRI O’TKAZILDI


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir tadbir o‘tkazildi. 

Adliya vazirligi tomonidan tadbiq etilgan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi xodimlari hamda TDYU talabalari mazkur aksiyaning maqsad va vazifalari, shuningdek, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik me’yorlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ishtirokchilarga xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, mehnat ta’tili huquqi va boshqa muhim jihatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, soha vakillarining mehnat qonunchiligiga oid fikr-mulohazalari muhokama qilinib, qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflari olindi.