Янгиликлар
09
"Ziyokor"da sayyor qabul
Navoiy shahar adliya bo'limi tomonidan "Ziyokor" MFYda aholi uchun "Huquqiy mahalla" doirasida sayor qabul va sayyor davlat xizmati ko'rsatildi. Sayyor qabulda adliya bo‘limi boshlig‘i, davlat xizmatlari markazi direktori, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassislari ishtirok etdi.
Sayyor qabul xalq murojaatlarini manzilli o‘rganish va joyida hal etishning samarali mexanizmiga aylandi. "Ziyokor" MFYda tashkil etilayotgan sayyor qabulda aholining huquqiy muammolariga joyida yechim topishga ko‘maklashildi.
Sayyor qabulda ish haqi, pensiya, kadastr, mehnat va mulk munosabatlari bo‘yicha murojaatlar tushdi va tegishliligi bo'yicha adliya ish yurituviga qabul qilindi. Jarayonda aholiga korrupsiyaviy holatlarga duch kelganda xabar berish tartibi, gaz, elektr energiyasidan foydalanishning qonunchilikda belgilangan shartlari, muqobil energiya manbalari xususida aholiga zarur tushunchalar berilib, flayer va bukletlar tarqatildi.