Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya: Soliq idorasida mahorat darsi


Navoiy viloyat soliq boshqarmasi xodimlariga kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha master klass tashkil etildi. Tadbir intellektual mulk sohasidagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida imzolangan "Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish" bo‘yicha qo‘shma qarorga muvofiq tashkil etildi.

Tadbirda kontrafakt mahsulotlarni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari toʻgʻrisida tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Tadbir davomida:
 kontrafakt mahsulotlarni aniqlash usullari;
huquqiy tartib va ta’sir choralarini qo‘llash mexanizmlari;
 adliya va soliq organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur hamkorlik kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.