Янгиликлар
22
Navoiy yuridik texniklumida joriy yilning 22-iyulida 2024/2025 o’quv yili bitiruvchilariga diplom tarqatish marosimi bo’lib o’tdi.
Navoiy yuridik texniklumida joriy yilning 22-iyulida 2024/2025 o’quv yili bitiruvchilariga diplom tarqatish marosimi bo’lib o’tdi.
Davlatimiz madhiyasi bilan boshlangan, bayramona o'tgan mazkur tadbirda Adliya boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari D.Xusanov, Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i F.To’xtayev, Navoiy viloyati Notarial palatasi raisi V.Saatov hamda yuridik texnikum rahbariyati bitiruvchilarga huquqshunoslik diplomlarini topshirishdi.
Marosimda oʻqish davrida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda ko'pchilikka o'rnak bo'lgan va texnikum nufuzini yanada oshirishda munosib hissa qoʻshgan bir qator talabalarning ota-onalari alohida e'tirof etilib, rahbariyatining tashakkurnomasi topshirildi.
Ta’kidlash kerakki, xalqaro ta'lim klassifikatoriga kiritilgan yuridik texnikumning diplomiga ega bo'lgan 126 nafar bitiruvchilaridan 70 nafari imtiyoz asosida OTM larning 2-kursidan talaba bo'lishga imtiyoz olishdi. Iqtidorli bitiruvchilarning 10 nafari qizil diplomga ega bo'lishib, ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
E'tiborlisi bitiruvchilarning 30 dan ortig'i diplom olgunga qadar huquq tartibot organlarida o'z faoliyatlarini boshlab yuborishdi.
Qolaversa, ular o’z mutaxassisliklari bo’yicha faoliyat olib borishlari, TDYU ning qo'shma ta'lim dasturi orqali Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya hamda Qozog’iston davlatlarining oliy yuridik ta’lim muassasalarida 2-kursdan boshlab o'qish imkoniyatiga ega bo’lishdi.