Янгиликлар
17
IQTIDORLI QIZLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Qiziltepa tumani Oila va xotin qizlar bo‘limi tomonidan tumandagi iqtidorli qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Nurulloyeva, tuman hokimining maslahatchisi F. Bozorov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i E. Fayzullayev, faol pedagog Sh. Mavlonova ishtirok etishdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarga, ayniqsa qizlarga berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tib, o‘quvchi qizlarning keyingi o‘qish va ijodlariga omad tilashdi.
Uchrashuv davomida barcha ishtirokchi qizlarga tashakkurnomalar topshirildi.