Янгиликлар
16
ADLIYA XODIMLARI MAHALLADA
Navoiy shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Bahor" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida aholi muammolarini o'rganish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi.
Jarayonda mulk huquqi, nikoh va ajrim, meros masalalari, kadastr pasportini shakllantirish, ijtimoiy nafaqa olish kabi masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul davomida mehnat munosabatlar xususidagi murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Muloqot yakunida 9 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi.