Янгиликлар
15
Adliya xabari
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mazkur Qonun bilan Jinoyat hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirkorlik subyektlariga yangi tahrirda nashr etilgan "Kontrafakt mahsulotlar katalogi" va qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlarga tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazishda talabnoma topshirishda uslubiy yordam ko'rsatildi.