Янгиликлар
03
Korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat
Nurota tuman adliya bo'limi tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi harbiy xizmatchi va xizmatchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida korrupsiya, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash, halollik, vijdonlilik va vatanparvarlik tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xizmat intizomi va axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya etish, har bir xodimning kasbiy burchini halol va mas’uliyat bilan bajarishi, fuqarolarga namunali munosabatda bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Suhbat chog‘ida korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish, bunday salbiy holatlarning oldini olishda jamoaviy mas’uliyatni oshirish muhimligi alohida qayd etildi.