Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

TINCH OILA - SOG'LOM MUHIT


Oilalarni tinch va totuvligi jamiyatning rivojini ta’minlaydi. Shu boisdan ham yurtimizda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ularni baxtiyorlikda va farovonlikda yashashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish muhim masala hisoblanadi. 

Uchquduq tuman Adliya boʻlimi, tuman xotin-qizlar boʻlimi va tuman mas'ul tashkilotlari bilan hamkorlikda tumandagi ajrim yoqasidagi oilalar va oilaviy zoʻravonliklarga barham berish toʻgʻrisida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mazkur targʻibot tadbiri davomida  ajrim yoqasidagi oilalar bilan suhbat oʻtkazilib jamiyatda oilaning oʻrni , voyaga yetmagan bolalarning haq huquqlari oila mustahkamligi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan shuningdek xotin-qizlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarni jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlar xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.