Янгиликлар
29
Adliya huquqiy mahalla
Karmana tuman adliya bo'limi tomonidan "Do'rman" mahallasida va Tomdi tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan esa "Keriz" OFY binosida mahalla yettiligi va aholi bilan ochiq muloqot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida aholining uy-joy, aliment, kadastr va shu kabi murojaatlari o'rganildi hamda ish yurituviga olindi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi PF-80-sonli Farmoni va “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirlar davomida aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.