Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

9-dekabr — Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni


9-dekabr — Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Qiziltepa tumani 2-sonli Politexnikumda Qiziltepa tuman adliya bo'limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonun hamda boshqa qonun hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiya millat zavoli ekanligi unga faqat birgalikda kurashishimiz lozimligi shuningdek fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hissini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish "Halollik vaksinalari" va "Odob-axloq qoidalari" yo‘nalishida  amalga oshirilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Tadbir so'ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berilib mavzu yuzasidan tarqatma materiallar flayer va bukletlar tarqatildi.