Янгиликлар
13
“Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” shiori ostida qisqa videoroliklar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi
Yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, Konstitutsiya bilan bog‘liq bilimlarni mustahkamlash hamda ijtimoiy faollikni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zNNTMA Navoiy viloyati hududiy bo‘limi, Viloyat Adliya boshqarmasi, “Fidoiy yoshlar” teleklubi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” shiori ostida qisqa videoroliklar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. (https://t.me/tanlovVideoNNT)
Tadbirga 150 ga yaqin ijodkor yoshlar, blogerlar, talabalar hamda huquqshunoslikka qiziquvchi ishtirokchilar o‘z ijod mahsullari bilan qatnashdi. Har bir videorolikda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, inson huquqlari, erkinliklari va fuqarolik burchi yoritilishi, hikoya uslubi hamda ijodkorlik yondashuvi alohida baholandi.
Ko‘rik-tanlov yakunida eng faol, eng mazmunli va badiiy jihatdan yorqin videoroliklar saralab olindi hamda diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.