Янгиликлар
11
Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 41 mln. so‘m jarimaga tortildi!
Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 41 mln. so‘m jarimaga tortildi!
Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.
Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.
Xususan, Vazirlik tomonidan “Choco Plus” MChJning “GOLD” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “M.X.” XK tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “M.X.” XK tomonidan “GOLD” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “DOLCE GOLD” belgili kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “M.X.” XKga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarida, ya’ni 41 mln. so‘m jarima qo‘llanildi hamda “GOLD” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish majburiyati yuklandi.
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!