Янгиликлар
01
“Targ‘ibot poyezdi” - Navoiyda
Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi.
???? Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalaridan tarkib topgan “Targ‘ibot poyezdi” va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi 23-sonli maktab o‘quvchilari bilan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
????Uchrashuv davomida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga oid turli interfaol oʻyinlar, viktorinalar tashkil etildi.