Янгиликлар
27
Navoiyda “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi — g‘oliblar aniq!
Navoiyda “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi — g‘oliblar aniq!
Umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” respublika tanlovining Navoiy viloyati bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida yetakchi bo‘lib chiqqan 11 ta jamoa savol-javob, test sinovi hamda sahna ko‘rinishlari orqali bilim va mahoratini namoyish etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
???? 1-o‘rin — Navoiy shahar 11-IDUMning “Kelajak” jamoasi;
???? 2-o‘rin — Qiziltepa tumani 13-maktabining “Yuristlar” jamoasi;
???? 3-o‘rin — Navbahor tumani 12-maktabining “Lawyers” jamoasi.
Tanlov yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy yondashuv va sahnadagi chiqishlar orqali o‘zini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.