Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.


Diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Navoiy viloyat hokimining o‘rinbosari E.Mardonov, Adliya boshqarmasining soha bo'yicha mas'ul xodimi hamda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari, masjid imomlari va noiblari, shu jumladan tuman va shahar bosh muhtasiblari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yil mobaynida amalga oshirilgan diniy-ma’rifiy ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda qonunchilikka kiritilgan so'nggi o'zgartirishlar, soliq hamda yillik faoliyat yuzasidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladigan hisobotlarni topshirish tartibi va muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida samarali faoliyat ko‘rsatgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari hamda faol imom-xatiblarga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.