Янгиликлар
24
Fuqaro 35 yillik orzusiga erishdi!
Fuqaro 35 yillik orzusiga erishdi!
Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro
A.Gning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishda amaliy yordam berishni so‘rab yo'llagan murojaati o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro 1970-yilda tug'ilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelayotgan bo'lsada, shu vaqtdan boshlab fuqaroning O'zbekiston Respublikasida doimiy ro'yxatga qo'yilganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan.
O‘zbekiston Respublikasi FPKning 295-moddasiga binoan fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni sud aniqlashi belgilangan.
Natijada, fuqaro A.Gning O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelayotganlik faktini belgilash bo'yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilib, fuqaroning 15 yildan ortiq doimiy yashab kelayotganlik fakti tasdiqlangan.