Янгиликлар
22
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarilishi va tarqatilishini aniqlash bo‘yicha Navoiy viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi savdo obyektlari, bozorlar hamda dorixona
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarilishi va tarqatilishini aniqlash bo‘yicha Navoiy viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi savdo obyektlari, bozorlar hamda dorixonalarda tadbirlar o'tkazildi.
Savdo obyektlari mas'ul xodimlariga kontrafakt mahsulotlarni asl mahsulotlardan farqlash, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasini oldini olish maqsadida bunday mahsulotlarni savdoga taklif etmaslik bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonuni bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi, shuningdek adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari berilganligi tushuntirildi.