Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

“Temirqovuq” va “Kattasoy” MFYlarida "Adliya kuni" tadbirlari  o‘tkazildi.


Nurota tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmoni va PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish maqsadida, shu jumladan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha olis hudud hisoblangan “Temirqovuq” va “Kattasoy” MFYlarida "Adliya kuni" tadbirlari  o‘tkazildi.

Tadbir davomida MFY yettiligi hamda aholi bilan uchrashilib ularning muaommalari tinglandi hamda bildirilgan huquqiy muammolar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan esa  “Temirqovuq” MFYda o‘rnatilgan “infokioska” orqali sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, ushbu hududlarda adliya bo‘limiga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli uchrashish maqsadida, ularning xonadonlariga uyma-uy kirilishi ta’minlandi.