Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Kontrafakt mahsulotlar kirib kelishiga chek qo‘yildi!


Vakolatli organlar tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, shuningdek tadbirkorlar o‘rtasida o‘zgalarning mulkiga nisbatan hurmat hissini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim hollarda tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanish bilan bog‘liq holatlar uchramoqda.

Xususan, “GST Oil” MChJ murojaatiga asosan “V.I.” MChJ tomonidan “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “HYUNDAI” tovar belgisidan foydalangan holda 2 dona maxsus texnika (ekskavator) respublika hududiga olib kirilayotgan vaqtda bojxona postida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan adliya organlari ko‘magida “GST Oil” hamda “V.I.” MChJlar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilishiga erishildi.

Mediativ kelishuvga muvofiq “V.I.” MChJ huquq egasiga 206 mln so‘m miqdorida tovon puli to‘lash, shuningdek “HYUNDAI” brendidan foydalanmaslik hamda ushbu brendga oid texnikalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirmaslik majburiyatini oldi. Bundan tashqari, “V. I” MChJga tegishli“YouTube”, “Instagram” va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda joylashtirilgan “HD Hyundai Centre” va “rasmiy diler” so‘zlari o‘zgartirilishi belgilandi.
                                                                                                
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!