Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

TOYOTA tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish bartaraf etildi


Vazirlikka "Toyota Jidosha Kabushiki Kaisha" kompaniyasiga tegishli “TOYOTA” hamda boshqa tovar belgilariga o‘xshash belgilardan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan ruxsatsiz foydalanilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida tadbirkorlik subyekti tomonidan “TOYOTA” tovar belgisi va uning tasviriy ko‘rinishdagi logotipidan reklama maqsadida huquq egasining roziligisiz foydalanilganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!