Янгиликлар
02
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII-CHAQIRIQ XIX-SESSIYASI
Nurota tumani adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 12 oyida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar holati haqidagi axborot berildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish davomida 1179 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, natijasiga ko‘ra 50 ta taqdimnoma va sudlarga 31 ta ariza kiritilgan, 16 nafar shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar berilgan.
Ta’sir choralar natijasida fuqarolar va yuridik shaxslar foydasiga 120 million so‘mlik ish haqlari va zararlar undirilgan, 5 ta noqonuniy hujjat bekor qilingan yoki qonunga muvofiqlashtirilgan.
Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati