Янгиликлар
23
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
Mavzu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari, yangi O'zbekistonda sodir bo'layotgan siyosiy o'zgarishlar, xalqaro standartlar asosida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan siyosiy jarayonlar haqida so'z yuritildi.
Shuningdek, tadbir davomida Sun'iy intellektni (SI) davlat xizmatlariga jalb qilish samaradorligi, byurokratiyani kamaytirishi va xizmatlar shaffofligini ta'minlashi xususida SI mutaxassisi tomonidan taqdimot qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularni mamlakat va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida xabardor qilib borishdan iboratdir.