Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya vaziri xizmat safari bilan Vengriyada


2026 yil 20-yanvar kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov Vengriya adliya vazirligining rasmiy taklifiga asosan xizmat safari bilan Budapesht shahrida Vengriya adliya vaziri Bence Tuzson bilan uchrashdi.
 
Uchrashuvda tomonlar adliya sohasidagi  ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

A.Tashkulov xorij tomoniga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda huquqiy jarayonlarni raqamlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar sifatini oshirish va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Xususan, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, “aqlli huquqiy xabardorlik” mexanizmi ta’minlanayotgani, sun’iy intellekt asosidagi LexAI platformasi joriy etilgani ta’kidlandi.

Tomonlar notariat tizimini raqamlashtirish, bepul yuridik yordamni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni baholash va “tartibga solish gilyotina” mexanizmlarini joriy etish masalalarini ham muhokama qildilar.