Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

KARMANA TUMANIDA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN NAVBATDAGI TADBIR O‘TKAZILDI


KARMANA TUMANIDA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN NAVBATDAGI TADBIR O‘TKAZILDI

Haftaning juma kuni “Oilaviy ajrimlar bilan ishlash” kuni munosabati bilan Karmana tumanining Azamat mahallasida tashkil etilgan “Oila maskani”da muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oila sudi raisi G.Yakubov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i A. Xolmo‘minov, tuman FXDYo mudiri J.Annaqulov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Shomiyeva hamda Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zolari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan 15 nafar oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan oilalardagi kelishmovchiliklarning sabablari o‘rganilib, ularni bartaraf etish, oilani saqlab qolish bo‘yicha huquqiy, psixologik va ijtimoiy tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.