Янгиликлар
09
“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasidagi tashrif Mingbuloq ovulida davom etdi.
“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasidagi tashrif Mingbuloq ovulida davom etdi.
Tashrif doirasida bir qator profilaktik tadbirlar ham amalga oshirildi.
Jumladan, “Mahalla yettiligi” a’zolari xonadonma-xonadon yurib, aholiga huquqiy va ijtimoiy masalalar, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Tuman IIB xodimlari ishtirokida profilaktik ko‘rik o‘tkazilib, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Tuman adliya bo‘limi xodimlari aholiga huquqiy tushuntirishlar berib, qonuniy masalalar bo‘yicha maslahatlar berdi, shuningdek, ijtimoiy tartibni saqlash va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Tuman Qizilqum madaniyat uyi ijodkorlari esa mahallaga tashrif chog‘ida madaniy-ommaviy chiqish va konsert dasturi orqali aholini jalb qilib madaniy xordiq ulashdi.
Bundan tashqari, “Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla” oyligi doirasida qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borildi: isitish moslamalari, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.