Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

#adliya_xabari


2026-yil 9 fevral sanasida Adliya boshqarmasi hamda Navoiy viloyati “Baxt qasri” markazi tomonidan Navoiy shahridagi 22-sonli maktabda erta nikohning ma’naviy, tibbiy, iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan salbiy oqibatlari bo'yicha targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.

Seminarlar davomida o‘quvchilarga erta nikohning salbiy oqibatlari hamda sog‘lom oila muhitini yaratishning muhim tamoyillari, jamiyatda oilaning o‘rni va ahamiyati, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbirlar yoshlarni ongli qaror qabul qilish, oilaviy hayotga tayyorlash, ularning kelajagini asrash va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.