Янгиликлар
17
“Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi
Bugun, 17-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda Adliya vazirligi masʼul xodimlari bilan bir qatorda soha boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda 2026-yil 15-fevraldan 15-martga qadar respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan oylik doirasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Xususan, oylik davomida yirik savdo majmualarida targ‘ibot ishlari olib borish, aholining kontrafakt mahsulotlardan jabrlanishining oldini olish, intellektual mulk sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklarini tushuntirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tadbirda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari, bojxona chegarasida intellektual mulk himoyasi va sud amaliyoti masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Mazkur oylik kontrafakt mahsulotlar aylanmasini qisqartirish, halol raqobat muhitini mustahkamlash hamda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.