Янгиликлар
26
HUQUQIY KO`MAK: ADLIYA - MAHALLADA, ADLIYA - UYINGIZDA
“Fuqaro – mahalla – adliya” tizimi asosida Navbahor tuman adliya bo`limi va “Madad” NNT malakali xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 05.01.2026 yil PQ-1-sonli qarori talablari ijrosini ta`minlash maqsadida tumandagi jinoyatlar soni oshgan "qizil" toifadagi “Qorovultepa”, “Yangiobod”, “Chorvoqguzar”, “Yangihayot” mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan "mahallabay" huquqiy targ`ibot tadbirlarini o`tkazish bo`yicha reja-grafik" ijrosi yuzasidan hamda nizoli oilalar soni oshgan “Qiziloy”, “Arabsaroy” mahallalarida manzilli va predmetli targ`ibot tadbiri bo`lib o`tdi.
⚪️ Targ`ibot tadbirida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida ko`rsatmalar berildi.
⚪️ Shuningdek, mazkur jinoyatlar haqida qisqacha tushunchalar berib o`tilib, jinoyatning o`g`irlik, bezorilik, qasddan badanga yengil shikast yetkazish kabilarning sodir etilishiga sabab bo`layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko`rish yuzasidan profilaktik suhbatlar ham olib borildi.
⚪️ Nizoli oilalarda yuzaga keladigan masalalar, meros, oila, nikoh masalalari, yer va mol mulk masalalari, ijtimoiy reestrda turgan fuqarolarga bepul yuriik xizmat ko`rsatish tartibi va bepul advokat bilan ta’minlash masasalari haqida ham bartafsil tushuncha berildi.