Янгиликлар
13
Adliya bo'limlari tomonidan “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida hasharlar tashkil etilmoqda.
Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsa-da, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi, hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi.
Ushbu umumxalq hashar tadbirlari adliya organlarida ham qizg‘in tus olgan. Hashar davomida hududdagi yo‘laklar, ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlanmoqda. Chiqindilar belgilangan hududlarga olib chiqildi. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida tashkilot hududi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltirilmoqda.