Янгиликлар
13
“Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasiga start berildi
Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 12-martdan 12-aprelga qadar respublika bo‘ylab “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.
Huquqiy aksiya doirasida adliya organlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar, huquqiy maslahatlar, hamda “Adliya kuni” uchrashuvlari tashkil etiladi.
Aksiya davomida xotin-qizlar:
o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahatlar;
davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam;
bepul davlat xizmatlari hamda elektron platformalardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolarni joyida hal etish bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘riladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar adliya organlarining rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.