Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

IVAN BOBONING “KO‘KSIGA SHAMOL TEGADIGAN BO‘LDI”


Gap shundaki, ayni paytda Qiziltepa tumanida istiqomat qilayotgan Yabarov Ivan Egorovich aslida Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan.

✅Bolalgida ma’lum sabablarga ko‘ra O‘zbekistonga kelib qolgan otaxon hozirda 66 yoshda.

✅Ammo shu kunga qadar qo‘lida biror bir hujjati bo‘lmagan. “Bu haqda kimgadir murojaat qilish esimga ham kelmagan” - deydi biz bilan suhbatda.

✅So’zi davomida Qiziltepa xalqi unga boshpana berganini, odamlarning uylarida yumushlariga qarashib rizqini terib yurganini ta’kidlaydi.

✅Adliya bo‘limi tomonidan xonadonbay olib borilgan o‘rganishlar davomida I.Egorovichning masalasi ish yurituviga qabul qilindi. Jarayon unga tugʼilish toʼgʼrisidagi guvohnomasini olishdan boshlandi.

????Tuman FHDY boʼlimi tomonidan “Fuqarolik, oila hamda jinoyat ishlari boʼyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʼgʼrisida”gi (2002-yil 7-oktyabr) Kishinev Konventsiyasiga asosan Rossiya Federatsiyasiga soʼrov xatlari yuborilib fuqaroning tugʼilganlik haqidagi guvohnomasini olishga erishildi.

???? Ayni paytda qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanish, yoshga doir nafaqa tayinlash va boshqa huquqlarni ta’minlash maqsadida huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.