Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Davra suhbati


⚖️Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda  Navoiy davlat universiteti tarix fakulteti talabalari ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

   Samimiy va erkin ruhda o‘tgan uchrashuv davomida bugungi globallashuv sharoitida huquqiy madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.
  Muloqot jarayonida talabalar adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa tizimda joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar, inson omilini kamaytirish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
  Shuningdek, adliya tizimidagi yangilanishlar fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
  Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan turli masalalar yuzasidan savollar berib, mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashish imkoniyatlari, davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarida faoliyat yuritishning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

✅ Uchrashuv qizg‘in savol-javoblar va mazmunli mulohazalar bilan davom etdi hamda talabalar uchun huquqiy bilim va tajribalarni boyitishga xizmat qilishi shubhasiz.