Янгиликлар
11
#adliya_jinoyatchilikka_qarshi
???? Karmana va Navbahor tumani hamda G'ozg'on shahar adliya bo'limlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini amalga oshirish yuzasidan targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.
????Mazkur tadbirlar doirasida tuman (shahar)larda joylashgan mahalla fuqarolari yig'inlari binolarida "mahalla yettiligi" va fuqarolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar doirasida:
- jinoyatchilikning oldini olishda aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masʼuliyatini oshirish hamda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilash bo'yicha tushuntirish berildi;
- korrupsiya, kiberxavsizlik, internet firibgarligi va "moliyaviy piramidalar" hamda mazkur turdagi jinoyatlardan himoyalanish usul va vositalari xususida tushuntirish berildi;