Янгиликлар
10
Kontrafaktga qarshi kurashish doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari
????Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan bozorlar, savdo shahobchalarida intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
✅Unda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish va shunga o‘xshash boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi ekanligi haqida tushunchalar berildi.
✅Shuningdek, sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining salbiy oqibatlari tushuntirilib, asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan kataloglar tarqatildi.
✅Joylarda kontrafakt mahsulotlar sotilayotganlik holatlari aniqlanib, sotuvchilarga bular kontrafakt mahsulot ekanligi, ularning inson sog‘lig‘iga va huquq egasining tadbirkorlik faoliyatiga zararlari haqida tushuntirishlar berildi.