Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

INTELLEKTUAL MULK MASALALARI — YOSHLAR NIGOHIDA


????Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Navoiy davlat universitetida intellektual mulk sohasiga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

????Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talabalarning intellektual mulk huquqi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni huquqiy himoya qilish tartiblari haqida atroflicha ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

????Seminar davomida mutaxassislar tomonidan mualliflik huquqi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hamda tovar belgilariga oid qonunchilik normalari tushuntirildi.

❗️Mazkur seminarlar yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda intellektual mulk madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.