Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Rahbar va yoshlar uchrashuvi!


❤️ Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida bo'lib o'tdi.

❤️ Tadbirda Navoiy davlat universiteti, Navoiy viloyat yuridik texnikumi hamda boshqa ta'lim muassasalarining yoshlari ishtirok etishdi.

❤️Muloqot davomida ularga DXM faoliyati, tizimda joriy etilayotgan qulayliklar va mavjud shart-sharoitlar xususida ma'lumot berilib, xizmatdan foydalanish jarayoni amaliy misollarda ko'rsatib o'tildi.

❗️Aytib o'tish joizki, bugungi kunda DXMlar tomonidan fuqarolarga 450 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda. Fuqarolar asosan kadastr hujjatlari, farzandini MTMlarga navbatga qo'yish, tadbirkorlik sohasiga oid turli yo'nalishlarda xizmatlardan foydalanib kelishmoqda. Uchrashuv davomida yoshlar mazkur xizmatlarni ko'rsatish amaliyoti bilan bosqichma-bosqich tanishdilar. Shuningdek, muloqot yakunida yoshlarga adliya organlari tomonidan tayyorlanayotgan tarqatma materiallari taqdim etilib, ularning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Yoshlar o'z tashabbuslariga ko'ra, davlat xizmatlariga tashrif buyurgan fuqarolarga targ'ibot materiallarini adliya xodimlari ishtirokida tarqatib, interaktiv muloqot o'tkazdilar.