Янгиликлар
04
Kontrafaktga qarshi kurashish doirasida
????Navoiy viloyati adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi savdo shahobchalarida intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
???? Unda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish va shunga o‘xshash boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi ekanligi haqida tushunchalar berildi.
???? Shuningdek, sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining salbiy oqibatlari tushuntirilib, asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan kataloglar tarqatildi.
???? Joylarda kontrafakt mahsulotlar sotilayotganlik holatlari aniqlanib, sotuvchilarga bular kontrafakt mahsulot ekanligi, ularning inson sog‘lig‘iga va huquq egasining tadbirkorlik faoliyatiga zararlari haqida tushuntirishlar berildi.