Янгиликлар
26
OILA MUQADDAS DARGOH!
⬇️Karmana tumani hokimi o`rinbosarlari N.Shomiyeva va D.Nazarov boshchiligida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
⬇️Mazkur uchrashuvda tuman adliya bo‘limi boshlig`i A.Xalmo`minov, tuman Oqila ayollar harakati a'zosi G.Norqulova, tuman bosh otinoyisi N.Husenova, FHDYO bo`limi mas'uli G.Beknazarova hamda boshqa mutasaddi tashkilot vakillari qatnashdi. Unda 8 ta yosh oilaning muammoli holatlari atroflicha muhokama qilindi.
⬇️Suhbat davomida oila muqaddas qo‘rg‘on ekani, ajrim esa har doim ham to‘g‘ri yechim emasligi alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish, o‘zaro hurmat va tushunishni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
⬇️Shuningdek, yosh oilalarni yarashtirish, ularni sog‘lom va baxtli hayot sari yo‘naltirish maqsadida har bir holat individual tarzda ko‘rib chiqilib, aniq chora-tadbirlar belgilandi. Bu kabi uchrashuvlar jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.