Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Navoiy garnizonida huquqiy targ'ibot tadbir o‘tkazildi


???? Joriy yilning 26-mart kuni Navoiy garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida "Korrupsiya davlat va jamiyat rivoji uchun katta xavf" hamda "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" mavzularida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

???? Tadbirda Navoiy shahar adliya bo'limi xodimlari hamda Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi hamda a'zolari ishtirok etdi.

❗️Tadbirda mamlakatimizda vijdon erkinligini ta'minlashda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda  korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.