Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.



????Uchquduq tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro K.T ning murojaati ko‘rib chiqildi, fuqaro o‘z murojaatida soliq orgalari tomonidan 3 yillik soliq miqdori 3 karra oshirilgan holatda hisoblanganligini, biroq fuqaroning yashash manzilidagi uy-joyi unga qonuniy asosda tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini bildirib, ushbu qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam so‘ragan.

????O‘rganishlar natijasida fuqaroning yashash manzili huquqlarni e’tirof etish tizimiga asossiz kiritilganligi natijasida soliq inspeksiyasi tomonidan asossiz soliq hisoblanganligi aniqlandi.

✅Tuman adliya bo‘limi tomonidan qo‘llanilgan ta’sir choralaridan (taqdimnoma) so‘ng fuqaroning yer uchastkasi va undagi qurilmalari tizimdan chiqarilishiga hamda asossiz hisoblangan 2 mlnga yaqin soliq qarzdorligi bekor qilinishiga erishildi.