Янгиликлар
18
Huquqiy laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladimi…?
⚖️ Navoiy viloyat adliya boshqarmasida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” munozaralarga boy o‘tdi.
❤️ Muloqotda yoshlar uchun “Huquq laboratoriyasi” tashkil etish taklifi bildirildi.
Men shu yil Navoiy davlat universitetiga shartnoma asosida o’qishga qabul qilindim. Ayni paytda huquq yo’nalishida tehsil olayapman, maqsadim huquqshunos bo‘lish. Adliya boshqarmasiga ikkinchi marotaba rahbar bilan uchrashuvga kelayapman. Biz universitetda nazariy bilmlarni o‘zlashtirayapmiz, huquq sohasidagi amaliyot biz uchun adliya organlarida ko‘rishimiz, o‘rganishimiz mumkin. “Huquq laboratoriyasi” taklifida aynan amaliyot va nazariyani integratsiya qilish maqsadi ko‘zlandi -deydi universitet talabasi.
❤️ Shuningdek, muloqot mobaynida yoshlar adliya organlari va bojxona tizimidagi yangiliklar, sohalarga joriy etilayotgan IA tizimi, ishga qabul qilish, malakali kadrlar tanlovida e’tibor qaratiladigan muhim jihatlar e’tibor markazida bo‘ldi.