Янгиликлар
30
Mualliflik va turdosh huquqlar: muhim bilimlar targ‘ib qilindi
✅Navoiy yuridik texnikumida “Mualliflik va turdosh huquqlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
✅Mazkur tadbirda soha mutaxassislari tomonidan mualliflik huquqi tushunchasi, uning ahamiyati hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan normalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, turdosh huquqlar, ya’ni ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilar va efir hamda kabel orqali eshittirish tashkilotlarining huquqlari yuzasidan ham tushuntirishlar olib borildi.
✅Seminar davomida mualliflik huquqlarini himoya qilish, intellektual mulk obyektlaridan qonuniy foydalanish, noqonuniy ko‘chirish va tarqatish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.