Янгиликлар
30
Eng yaxshi xodimlar aniqlandi
Adliya organlari xodimlari o‘rtasida 2025-yil yakunlariga ko‘ra tashkil etilgan kasbiy tanlov yakunlandi. Mazkur tanlov adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda eng munosib nomzodlarni aniqlashga qaratildi.
Tanlov yuqori saviyada tashkil etilib, unda respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan ishtirokchilar qatnashdi. Ishtirokchilar 4 ta nominatsiya — eng yaxshi adliya bo‘limi xodimi, davlat xizmatlari markazi xodimi, FHDY organi xodimi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi yo‘nalishlarida bellashdilar.
Mazkur tadbir orqali tizimda fidokorona mehnat qilayotgan xodimlar e’tirof etilib, ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.