Янгиликлар
31
#Adliya_xabari
Navoiy viloyatida joriy yilning shu davriga qadar 700 dan ortiq tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi. Odatda ushbu jarayon farzand dunyoga kelgach darhol amalga oshiriladi.
⚖️ Biroq hayotda turli sabablarga ko‘ra farzandli bo‘lganidan keyin ham tug‘ilganligi o‘z vaqtida qayd etilmagan fuqarolar uchrab turadi. Bu esa ularning huquqiy maqomini belgilash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish hamda boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda muammolarni keltirib chiqaradi.
???? Adliya organlari tomonidan bunday holatlarni bartaraf etish, fuqarolarning huquqlarini tiklash hamda ularning huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
???? Natijada, ilgari turli sabablar bilan tug‘ilganligi qayd etilmagan shaxslarning huquqlari tiklanib, ularga tegishli tartibda dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilmoqda.
???? Fuqarolar o‘z huquqlarini ta’minlash uchun FHDY organlariga murojaat qilishlari mumkin.