Янгиликлар
31
Fuqarolarning murojaatlari diqqat markazida
31-mart kuni Zarafshon shahri hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Laylo Tursunova shahr adliya bo'limi boshlig'i Orif Nosirov bilan hamkorlikda Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
????Qabul davomida fuqarolarning bandligi ta'minlash, turar joy masalasi, davolanishga ko‘mak berish va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.