Янгиликлар
31
Navoiyda: yangi tartib asosida ilk bor ko'chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshirilishi belgilangan edi.
Joriy yilning 31-mart kuni "Asakabank" viloyat filialida fuqarolarga "eskrou" hisobraqami ochilib, Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius M.Zairov tomonidan ko'chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirildi.
Jarayonda ishtirok etgan fuqarolar xizmatlarning tezkor va shaffofligi, shu jumladan o'zlari uchun ishonchli hamda xavfsiz ekanligini ta'kidlab, mazkur islohotlarning birinchi ishtirokchisi bo'lganliklaridan mamnun bo'lishdi.