Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Yoshlar sud-ekspertiza faoliyati bilan tanishmoqchi..


✅Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti huzuridagi akademik litseyda adliya boshqarmasi boshlig'i ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

✅Bunda yoshlarning TDYUga kirish ko'rsatgichlari, huquqiy ta'lim, amaliyot va nazariyaning uyg'unlashuvida dliya organlarining o'rni hamda kiberxavfsizlik masalalari bo'yicha savollar ko'tarildi.

✅Shuningdek, yoshlar sud ekspertiza faoliyati bian yaqindan tanishishga katta qizig'ish bildirdilar. Boisi, uchrashuvda nainki huquqshunos bo'lish istagidagi yoshlar balki texnika yo'nalishida tahsil olayotganlar ham avtomashinalarni ekspertizadan o'tkazish jarayoniga qiziqish bildirishdi.

✅Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Ta’kidlash joiz, bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.